Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mirabror Usmanov Cup-2025”: futbolchilarimiz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
11:14 / 2025-07-23

Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida “Mirabror Usmanov Cup-2025” turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston U23 va Saudiya Arabistoni U23 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Samandar Mavlonqulov hisobni ochgan bo‘lsa, 12-daqiqada Jahongir O‘rozov terma jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasiga kelib, iqtidorli futbolchimiz Nodir Abdurazzoqov raqib darvozasiga uchinchi golni urdi. Ushbu vaziyatdan 10 daqiqa o‘tib, Murad Kudri hisobni biroz qisqartirdi. Shu tariqa, terma jamoamiz 3:1 hisobida saudiyalik tengqurlarini dog‘da qoldirdi.  

[gallery-24418]

Ma’lumot o‘rnida:  “Mirabror Usmanov Cup-2025”  turnirida O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Yaponiya U23 terma jamoalari qatnashmoqda. Musobaqaning navbatdagi o‘yini 25 iyul kuni Saudiya Arabistoni va Yaponiya termalari o‘rtasida o‘tsa, 28 iyul kuni futbolchilarimiz yaponiyalik tengdoshlari bilan raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA