Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mir Said Bahrom maqbarasi haqida eshitganmisiz?
10:58 / 2025-03-02

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati Karmana tumani markazida joylashgan Mir Said Bahrom maqbarasi milodiy X-XI asrlarda qurilgan bo‘lib, bu tabarruk zot haqida Abu Tohirxo‘ja Samarqandiyning “Samariya” asarida aytib o‘tilgan.  

Maqbara bir gumbazli to‘rtburchak shaklda, hamma tomoni bir xil o‘lchovda va pishiq g‘ishtdan tiklangan. Bino bir necha bor ta’mir qilinib, dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan. Uning old qismi juda ustalik bilan bezatilgan. Maqbaraning janubiy tomonida bitta eshik bor, uning tepa qismida kungurador panjarali tuynuk ochilgan. Pishiq g‘ishtdan qayta terilgan, unga geometrik naqshlar, bitiklar yozilgan maqbara o‘rtasida Mir Said Bahrom qabri bor. Qabr yonida arabiy so‘zlar yozilgan ikkita qabr toshi ham saqlanib qolingan.  

[gallery-22069]

Hozirda maqbara atrofi obodonlashtirilib, unga tutash manzilda  istirohat bog‘i barpo etilgan.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA