So‘nggi yillarda xalqaro munosabatlar keskin ravishda o‘zgara boshladi: endi global siyosat tizgini faqat yirik davlatlar qo‘lida emas. Zero, ayrim mintaqaviy kuchlar muayyan hududdan tashqarida ham faol siyosat yuritib, global jarayonga ta’sir ko‘rsatishga intilmoqda. Bu holat dunyo tartibi asta-sekin ko‘p markazli shaklga o‘tayotganidan darak berayotgandek.
Ayni payt ko‘plab mamlakatlar tashqi siyosatda faqat mintaqaviy manfaat bilan cheklanib qolmasdan, diplomatiya, xavfsizlik, energetika va vositachilik orqali xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda.
O‘zA suhbatdoshi, ekspert Xayrulla Umarov ta’kidlanganidek, mintaqaviy kuchlarning faollashuvi tasodifiy emas. Geosiyosiy bo‘shliq, global ishonch inqirozi va kuch markazlari o‘rtasidagi raqobat bunday davlatlarga yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tabiiyki, faqat faollik bilan “global kuch”ga aylanib bo‘lmaydi. Bu yo‘lda ichki barqarorlik, iqtisodiy salohiyat va uzoq muddatli strategiya hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu jihatdan, bugungi dunyo bir yoqlama emas, balki murakkab va o‘zgaruvchan tuzumga birlashmoqda. Mintaqaviy kuchlar global siyosatda muhim o‘rin egallay boshladi. Ayni jarayonning nechog‘li barqarorligi esa ichki va tashqi siyosiy tanlovga ham bog‘liq.
Ko‘rsatuvning to‘liq shakli “Youtube”da.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ipVOWwfVJ1s" title="Mintaqaviy kuchlar global kuchgaaylanyaptimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Doniyor Yoqubov (video), O‘zA