English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqaviy integratsiya va global logistika: “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lining geoiqtisodiy ahamiyati
14:21 / 2026-02-09

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasi bir necha o‘n yillar davomida muhokama qilingan strategik tashabbus bo‘lib, rasmiy muzokaralar 1990 yillarda boshlangan. 2024 yil 6 iyun kuni Pekinda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida mazkur yo‘lni qurish bo‘yicha “Strategik loyihani amalga oshirish” bitimi imzolandi.

Bu uch mamlakat o‘rtasida amaliy yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim tarixiy qadam hisoblanadi.

2024 yil 27 dekabr kuni loyihani amalga oshirish bo‘yicha Qirg‘izistonda rasman qurilish ishlari boshlandi. Bu choralar transport yo‘nalishida aloqalarni mustahkamlash va mintaqadagi infratuzilma bog‘lanishini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Infratuzilma va texnik jihatlar

Mazkur temir yo‘lning uzunligi taxminan 532 km ni tashkil etadi va marshruti Xitoyning Qashqar shahridan Qirg‘iziston orqali Andijongacha boradi. Yo‘lning qariyb 40 foizi tunnel va ko‘priklar orqali o‘tadi. Ekspertlar fikricha, yangi yo‘lning vujudga kelishi transport va aloqa muddatlari sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi. 

Geosiyosiy ahamiyat

Ushbu temir yo‘l transport logistikasini kengaytirib, Markaziy Osiyoni dunyoning muhim tranzit markaziga aylantirish imkonini beradi. Yo‘l savdo yo‘laklaridagi raqobatni oshirish, tovarlar ko‘lamini kengaytirish va mintaqalar orasidagi integratsiyani mustahkamlash uchun ham muhim hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur infratuzilma Markaziy Osiyoning xalqaro savdo ahamiyatini oshirib, Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi transport harakati uchun ikkinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l bo‘la oladi.

Iqtisodiy va strategik ta’sir

Tahlilchilar ta’kidlashicha, temir yo‘ldan foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlariga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga yangi yo‘llar ochadi va tovarlar oqimini yaxshilaydi. Bu ayniqsa, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Umuman olganda, bugungi kunda “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li nafaqat strategik hamkorlikning muhim ustuni, balki butun mintaqaviy integratsiyani jadallashtiradigan, iqtisodiy o‘sish va global savdo tizimida mintaqamizning tranzit salohiyatini mustahkamlaydigan muhim infratuzilmaviy loyihaga aylanmoqda.

Otabek Sharipov, O‘zA