Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish lozim
13:58 / 2023-11-11

Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta mintaqaviy brendlar - intellektual mulk ob’ektlari mavjud. Jumladan, "Zomin tandir go‘shti", "Marg‘ilon adrasi", "Marg‘ilon atlasi", "Qo‘qon pichoqlari" va "G‘ijduvon shashlik"lar Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan. Mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari geografik ko‘rsatkich bilan belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli rivojlantirishi mumkin.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan "Geografik ko‘rsatkichlar — tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi drayveri" mavzusidagi seminarda aytib o‘tildi. 

Seminarda «geografik ko‘rsatkichlar» tushunchasi, ko‘rsatkichlarni ro‘yxatga olish tartibi va bu borada tegishli vakolatli davlat organining mas’uliyati, shuningdek, geografik ko‘rsatkichlar bilan belgilangan mahsulotlarni savdo qilish xususiyatlari, ularning huquqiy muhofazasi masalalari muhokama qilindi. 

Ta’kidlanganidek, respublikamiz har bir hududining o‘ziga xos tabiati va an’analari mavjud bo‘lib, ularning jahon miqyosida mashhurlikka erishishida hududiy brendlarni rivojlantirish va uni shu hudud bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda intellektual mulk ob’ektlarning bir turi bo‘lgan geografik ko‘rsatkichlarning o‘rni beqiyos.

—«Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa geografik ob’ektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari mazkur geografik ob’ektga xos tabiiy sharoitlar bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi, — deydi deputat U.Jabborov. — Tovarni tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida belgilash uchun,  ma’lum bir hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ommalashtirishda barcha ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlar shu geografik ob’ekt hududida amalga oshirilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchiligiga muvofiq mintaqaviy brendlarni rivojlantirishning vositalaridan biri intellektual mulkning ob’ekti bo‘lgan tovar kelib chiqqan joy nomlari hisoblanadi.

Tovar kelib chiqqan joy nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan bunday holat intellektual mulkning bu sohasi O‘zbekiston hududlari ma’lum bir hududga xos mahsulotlarni, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sohasidagi mahsulotlarni ommalashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega.  

«Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi natijasida o‘zining noyob mahsuloti uchun belgini ro‘yxatdan o‘tkazishni xohlovchi ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paydi. Shuningdek, bu mintaqaviy brendlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Tadbirda sohadagi ishlar qizg‘in muhokama qilindi. Geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni xohlovchi ishlab chiqaruvchilar soni ko‘payishi mintaqaviy brendlarni rivojlantirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.    

M.Komilova, O‘zA