Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqaviy bog‘liqlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
13:39 / 2021-07-26

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda institut professor-o‘qituvchilari, siyosatshunos ekspertlar, boshqarmaning shaxsiy tarkibi qatnashdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, uni bugungi kunda o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosida mustahkamlashning ahamiyati haqida so‘zlagan nutqi yig‘ilganlarga tushuntirib berildi. O‘zbekistonning bugungi kundagi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida tarixiy aloqalarni tiklash yo‘lidagi Prezident sa’y-harakatlari alohida ta’kidlandi.

Ma’ruzalarda xalqaro anjumanning nufuzi va unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan harbiy xizmatchi va xodimlarga tushunchalar berildi. Shuningdek, tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ayni vaqtdagi yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashda, transchegaraviy infratuzilmalar xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratilishi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

 

Zarif Komilov, O‘zA