Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqalarni yaqinlashtirgan davra suhbati (+video)
21:21 / 2026-02-07

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Markaziy va Janubiy Osiyo: tarixiy aloqalar, zamonaviy hamkorlik va taraqqiyot istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyaci markazi hamda Barqaror rivojlanish markazi hamkorligida tashkil etildi.

Yig‘in doirasida Uchinchi Renessans g‘oyasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, pokistonlik yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – kelajak konsepti” nomli urdu tilida nashr etilgan kitobida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi insoniyatni hamkorlik, tinchlik va muloqotga chorlovchi, zamon sinovidan o‘tadigan buyuk va abadiy g‘oya sifatida talqin etilgani ta’kidlandi.

Anjuman davomida ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirish, madaniy diplomatiyani rivojlantirish, shuningdek, barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus va takliflar ilgari surildi. 

Ishtirokchilar mintaqalar o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash bugungi kun talabi ekanini alohida qayd etdilar. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Hoc47JBRZi0" title="Mintaqalarni yaqinlashtirgan davra suhbati " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva,

Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA