Minskda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan fotoko‘rgazma ochildi
Belarus davlat muzeyida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan “Xalq xotirasi – muqaddas” nomli fotoko‘rgazmasi ochildi.

Ekspozitsiya O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi, O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida tashkil etildi.
Ekspozitsiyadan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi tomonidan taqdim etilgan arxiv fotosuratlari o‘rin oldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA