Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Minskda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11:12 / 2024-04-13

Belarus poytaxti Minsk shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Tadbirda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston TIV delegatsiyalari ishtirok etdi.

Vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda MDH doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, siyosat, ta’lim, sport, kadrlar salohiyatini oshirish va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. 

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan bir ovozdan Ozarbayjonning Ganja va Qozog‘istonning Olmaota shaharlarini mos ravishda 2025 va 2026-yillar uchun MDHning sport poytaxtlari deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Minskda "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi. 

Qayd etilishicha, “yashil” energiya, suv tanqisligi va ekologik muammolar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.