Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Minskda 34 ming kishilik miting boʻlib oʻtdi, ular Lukashenkoning raqibini qoʻllab-quvvatlamoqda
12:00 / 2020-07-31

Tadbir Xalqlar doʻstligi bogʻida mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlangan.


Minsk shahrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sharoitida koʻpming kishilik miting boʻlib oʻtdi. Ular Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskiyni qoʻllab-quvvatlashmoqda, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti”.

Tadbir Xalqlar doʻstligi bogʻida mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlangan. Aksiyada ishtirok etish uchun kelgan odamlar navbatga turishga va tekshiruvdan oʻtishiga toʻgʻri keldi.

Xabarda aytilishicha, bogʻda turli yoshdagi, jumladan, keksalar ham toʻplanishgan. Aksariyat ishtirokchilar muxolifat uchun anʼanaga aylangan Yevroittifoq bayrogʻini ushlab olishgan, shuningdek qoʻllarida Belarus davlati bayrogʻi ham bor.

Yigʻilganlar Tixanovskiyni ikki soatcha kutgan. Bu vaqtda sahnada musiqachilar va saylovoldi kompaniyasida hibsga olinganlarning yaqinlari chiqish qilishgan.

Inson huquqlari himoyachilari ommaviy tadbirda 34 mingdan ziyod odam toʻplanishganini aytmoqda.

Xabarda taʼkidlanishicha, Aksiya boʻlib oʻtayotgan Xalqlar doʻstligi bogʻi hududida mobil aloqa hamda internet borasida jiddiy muammo yuzaga kelgan. Belarus prezidentligiga nomzod Andrey Dmitriyevning taʼkidlashicha, hukumat agar mamlakat xavsizligiga tahdid paydo boʻlsa, internetni cheklashi mumkinligini maʼlum qilgan.

Svetlana Tixanovskiyning turmush oʻrtogʻi Sergey Tixanovskiyni saylovoldi kompaniyasi paytida qamoqqa olishgan edi. U bir nechta jinoiy ishlar bilan ayblanmoqda.

Avval Sergey Tixanovskiyning oʻzi prezidentlik uchun saylovda ishtirok etishni moʻljallagandi, biroq Markaziy Saylov Komissiyasi uni nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazmagani bois tashabbuskor guruh tomonidan uning rafiqasi nomzodi ilgari surildi.

Belarusning yangi prezidenti boʻlish uchun jami besh kishi kurash olib bormoqda. Ular safida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko ham bor. U oltincha bor prezidentlikka nomzodini qoʻymoqda.

Saylovlar oʻtkazilishi 9-avgustga moʻljallangan.