“Minorai kalon” Rishtonda nur taratdi (+video)
Qo‘qondagi III xalqaro hunarmandchilik festivali va Rishtondagi II xalqaro kulolchilik forumi voqeliklarga boy o‘tmoqda. Bu yil dastlabki festival va forumda ishtirok etgan hunarmandlar birgalashib kutilmagan sovg‘a tayyorladilar.
Rishton tumanida bo‘lib o‘tayotgan II xalqaro kulolchilik forumi doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston hunarmandlari hamkorligida Buxoroning “Minorai Kalon” me’moriy obidasi ko‘rinishida kulolchilik mahsuloti yaratilib, olovli katta shou uyushtirildi.








U lojuvard gul shaklida bo‘lib to‘rtta yaprog‘i ochilgach sopoldan yasalgan minorai kalon bo‘y ko‘rsatadi so‘ngra uning ichidan olov yonib minora darchalaridan betakror go‘zallikka ega yorug‘lik nurlarini taratadi. Bunday manzara festival va forum ishtirokchilari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
Muallif hunarmandlar yasagan minorai kalon Rishton xalqaro kulolchilik muzeyidan joy oladi.
<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/4kZpqxOzuVA" title="“Minorai kalon” Rishtonda nur taratdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Muslim Tulanov (surat, video), O‘zA