Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mini-futbol bo‘yicha “O‘zbekiston Notarial palatasi kubogi” turnirining final bosqichi o‘tkazildi
15:00 / 2024-03-02

“Notariuslar sog‘lom turmush tarafdori”shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi uchun mini-futbol bo‘yicha turnir bu yil to‘rtinchi bora o‘tkazildi.

Turnirning hududiy bosqichlari   4 ta  - “A”, “V”, “D”, “S” guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkazilib,  hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar – Surxondaryo, Namangan, Xorazm  viloyatlari hamda  Toshkent shahar notariuslari jamoalari finalda bellashdilar.

Qur’a tashlandi va final o‘yinlarini Xorazm va Namangan viloyati jamoalari boshlab berishdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yillarda har ikkala jamoa final o‘yinlari g‘olibi bo‘lishgan. Qizg‘in va hujumkorona o‘tgan bahslarda erishilgan 1:1 natijadan so‘ng, penaltilar seriyasida Xorazm viloyatilik notariuslarning omadi keldi. 3:2 hisob bilan Xorazmlik notariuslar finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyati jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. 3:2 hisob bilan poytaxtlik notariuslar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng Surxondaryo va Namangan viloyati notariuslari 3-chi o‘rin uchun bellashdilar.  Hisob 7:2 Namangan viloyati jamoasi uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.

Final o‘yinlarining eng qizig‘i  Xorazm viloyati va Toshkent shahar notariuslari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu ikki jamoa ham final o‘yinining ikki taymida 2:2 natijaga erishdilar. Asosiy taymlardan so‘ng belgilangan penaltilar seriyasida Xorazm viloyati notariuslari raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldilar.Toshkent shahar notariuslari ikki imkoniyatni boy berib, penaltilar soni bo‘yicha mag‘lubiyatga uchradilar.  4:3 hisob bilan Xorazm viloyati notariuslaridan tarkib topgan havaskor futbolchilar yana Kubok sohibiga aylandilar. Havaskor futbolchilarni Adliya vazirligi notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov, O‘zbekiston Notarial palatasi rahbariyati qutladilar.

- Ushbu sport bayramlari notariuslar orasida muntazam o‘tkazib kelinishidan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, notariuslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona munosabatlarni kuchaytirishdan iborat,- dedi taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan Notarial palata raisi Dilshod Ashurov.  

G‘oliblarga Notarial palata Kubogi, diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zA