Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mingterak”da tadbirkorlik rivojlanmoqda
12:38 / 2026-01-30

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumani “Mingterak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Bunda hokim yordamchilari tomonidan mahalladagi har bir xonadonning shart-sharoitlari, fuqarolarning imkoniyat va tashabbuslari yaqindan o‘rganilib, zarur ko‘mak choralari ko‘rilayotgani muhim omil bo‘layotir.

Mahallada yashovchi tadbirkor Fayzullo Ismoilov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik faoliyati bunga yaqqol misol. Ayni paytda u “Ifaro” brendi ostida 50 turdan ortiq kiyim-kechak ishlab chiqarib, mahsulotlarni mamlakatimiz bo‘ylab yetkazib bermoqda. Shuningdek, qo‘shni Tojikiston va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinmoqda. Korxonada hozirda 36 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

[gallery-27376]

Yangi Namangan tumani hokimi ushbu korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish, mingterakliklar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish borasida tavsiyalar berib, umuman, tadbirkorlik sub’ektlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Hotam MAMADALIEV olgan (surat), O‘zA