Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mingga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi
18:41 / 2020-09-22

Maxsus poyezd reysi orqali ming nafarga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi. Bu haqda OʻzAga Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.


Maxsus poyezd reysi orqali ming nafarga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi. Bu haqda OʻzAga Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

photo_2020-09-22_19-09-20.jpg

Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 19-sentyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 746 nafar yurtdoshimiz bilan “Lixaya” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagandi.

Mazkur poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.