Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mingga yaqin eksponat yoxud taassurotlarga boy sayohat
19:55 / 2021-05-18

Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi qoshidagi «Shon-sharaf» muzeyiga sayohat qildi.

Ichki ishlar organlari tarixi va faoliyatiga oid fotolavhalar, maxsus texnika va jihozlar, qurol-aslahalar, turli davrlarda foydalanilgan xizmat kiyimlari, bosh boshqarma tarkibiy tuzilmalari haqidagi tarixiy ma’lumotlar, ayniqsa soha faxriylari va xizmat burchini ado etish paytida halok bo‘lgan xodimlar uchun barpo etilgan alohida stendlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Muzeydan o‘rin olgan ashyolar tizim o‘tmishi haqida yorqin tasavvur hosil qiladi, – deydi o‘quv dargohining 3-bosqich kursanti Rahimjon Ozodboyev. 

– Sohaning yetuk malakali mutaxassisi bo‘lishimiz uchun ichki ishlar organlari tarixini ham mukammal bilish kerak. Ayni tadbir shu jihati bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohat davomida yurtimiz hududida jamoat tartibini saqlash tuzilmalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, o‘tgan davrlarda ichki ishlar organlari faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar, eksponatlarning kelib chiqish tarixi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

Shu kuni Akademiya kursantlari IIV qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan muloqot qildi. El-yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishning sharafli mas’uliyati, ichki ishlar organi xodimlari uchun zarur sanalgan kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, mardlik va jasorat tuyg‘ulari, bilim olish mashaqqatlari borasida aytilgan mulohazalar o‘sib kelayotgan navqiron avlod uchun muhim dasturulamal bo‘ldi.

Jamshid XOLOV, kapitan.