Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mingga yaqin artezian quduq qazilib, uch ming gektar maydonga suv chiqarildi
14:32 / 2020-11-06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 30 iyunida qabul qilingan “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi joylarda ta’minlanmoqda.

Unga ko‘ra, suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini aholiga tushuntirish maqsadida  Jizzax viloyatida Respublika o‘quv amaliy ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Ekologiya va atrof – muhitni  muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

-Aholiga tomorqa yerini sug‘orish uchun  vertikal sug‘orish artezian quduqlarini burg‘ulash ishlarini tizimli tashkil etish, bu bilan bog‘liq  harajatlarni qoplab berish tartibi borasida atroflicha tushintirish berdik,-deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i  N.Rahmonov.

–Ayni vaqtda seminar ishtirokchilariga manzilli dasturga  kiritilgan suv ta’minoti og‘ir  G‘allaorol tumani,  Guliston MFY sidagi aholi tomorqasini  sug‘orish uchun  vertikal sug‘orish artezian quduqlarini burg‘ulash ishlarini tajriba sifatida ko‘rsatdik.

Qayd etish kerakki, manzilli dasturga ko‘ra, joriy yilda  yurtimizning 104 ta tumanidagi  967 ta MFY da  2721 ta artezian quduqlari qazildi. Natijada 9742 gektar maydonni suv bilan ta’minlash  rejalashtirilgan edi, joriy yilning 1 noyabr holatiga  234 ta MFY da 915 ta artezian quduqlari  qazilishi natijasida 2851 gektar maydonga suv chiqarildi.  

Uchrashuvda Prezidentimizning 2020 yil 11 maydagi “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatining ayrim hududlarida artezian quduq qazish va yer osti suvlaridan foydalanish maqsadida 2 dona burg‘ilash mashinalari ham beg‘araz yordam sifatida berilgani qayd etib o‘tildi.