French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mingbuloqdagi xo‘jalikda bir yilda 400 tonna baliq yetishtiriladi
16:47 / 2021-10-26

Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Iftixor Zahro” baliqchilik xo‘jaligida baliq boqishga mo‘ljallangan 6 ta sun’iy ko‘l tashkil etilgan.

55 gektar maydondagi ushbu ko‘llarga erta bahorda 5 xil turdagi baliq chavoqlari tashlangan bo‘lib, yiliga 400 tonna baliq yetishtiriladi. Xo‘jalikda 13 nafar kishi ish bilan ta’minlangan.

Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar mavjud. Ushbu mahsulotni iste’mol qilishning minimal me’yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni tashkil qiladi.

Mingbuloqda 128 ta baliqchilik fermer xo‘jaliklari mavjud. Ular tasarrufidagi 2050 gektarli havzalarda bu yil 6400 tonnadan ortiq baliq yetishtirish mo‘ljallangan.

[gallery-4433]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA