Fotoreportaj
Namangan viloyati Mingbloq tumanining Uyurchi Damko‘l mahallasida 57-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
[gallery-8236]
Mazkur tashkilot viloyat hokimi tashabbusi bilan mahalliy byudjet hisobidan qayta qurildi. Bunyodkorlik ishlariga 3 milliard 650 million so‘m mablag‘ sarflandi. Natijada 50 o‘rinli eski, moslashgan bog‘cha o‘rnida, maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy, 90 o‘ringa mo‘ljallangan yangi binosi qad rostladi. Eng muhimi, hududdagi 3-7 yoshli bolalarning bog‘chaga qamrovi 100 foizga yetkazildi.
Yangi ob’ektning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, shahar va tumanlar hokimlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA