Mingbuloqda yo‘l qurilishi ishlari jadal davom etmoqda
Namangan viloyatida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida ko‘cha-yo‘l tarmoqlari qurilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.
Xususan, Mingbuloq tumanida joriy yilda 100 kilometrga yaqin yo‘l qurilishi (60 kilometr shag‘allash va 40 kilometr asfaltlash) belgilangan. Hozirga qadar 80 foiz ish bajarildi.
[gallery-4359]
– Jadal davom etayotgan yo‘l qurilishi ishlariga 130 nafar ishchi va 50 dan ortiq texnika jalb etilgan, - deydi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi direktori Jasur Ahmadaliyev. – Bu yil 15,5 milliard so‘mlik yo‘l qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan o‘n barobar ko‘p degani.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA