Mingbuloqda yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazzaqov ishtirokidagi tadbir Guliston MMTP hududidagi “Dur marvarid diyori” fermer xo‘jaligi dalasida suv xo‘jaligi mutaxassislari va fermerlar bilan ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.
Sho‘r yuvish tadbirlarini har yili sifatli o‘tkazilishi natijasida tumanda hosildorlik yildan yilga ortib bormoqda. 2017 yilda bir gektarda o‘rtacha hosildorlik 22,7 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 30 sentnerga yetkazildi.
Keyingi yilda kafolatlangan hosilni yaratish maqsadida 298 ta fermer xo‘jaligining jami 15214 gektar maydonida sho‘r yuvish tadbirlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.



