Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mingbuloq tumaniga yangi prokuror tayinlandi
19:12 / 2022-08-08

Adliya maslahatchisi Umid Munavvarovich Akbarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022 yil 5 avgustdagi buyrug‘iga asosan Namangan viloyatining Mingbuloq tumani prokurori etib tayinlandi.

Umid Akbarov 1980 yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi – huquqshunos yurist. Mehnat faoliyati davomida Namangan viloyatidagi prokurutura organlarida turli mas’ul vazifalarda ishlagan.

Yangi tayinlovga qadar Respublika Bosh prokuraturasining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori lavozimida ishlayotgan edi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.