French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mingbuloq tumani paxtakorlari Namanganda birinchilardan bo‘lib rejani bajardi
15:41 / 2025-10-20

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Mingbuloq tumani paxtakorlari viloyatda birinchilardan bo‘lib davlatga paxta sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Joriy mavsumda 47 ming 743 tonna “oq oltin” yetishtirishni maqsad qilgan tumanning 315 fermer xo‘jaligi qabul punktlariga 47 ming 895  tonnadan ziyod paxta yetkazib berdi.

Bu g‘alaba mehnat maydonidagi haqiqiy zafar. Boisi, Mingbuloqning zaxlik yerlarida har bir terilgan paxta ortida dehqonning tirishqoq qo‘li, sabri va mehri bor. Tabiat sinovlariga qaramasdan, fermerlarimiz qadam-baqadam, izchil mehnat bilan ana shu ulkan natijaga erishdi.

Eng muhimi, bu yilgi terim mavsumida 40 dan ortiq zamonaviy paxta terish kombayni faol ishtirok etdi. Bu nafaqat mehnat unumdorligini oshirdi, balki qishloq xo‘jaligida raqamli yondashuv va mexanizatsiyaning yangi bosqichi boshlanganini ham yaqqol namoyon etdi.

[gallery-25810]

G‘alabada tumandagi “Baxtiyor Abdusalomovich” fermer xo‘jaligining ham xissasi ulkan. Xo‘jalik rahbari Baxtiyor Qodirov fidoyiligi, samarali faoliyati, shijoati 2016 yilda “Do‘stlik” ordeniga munosib ko‘rilgan. Shuningdek, u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor” unvonlari bilan ham taqdirlangan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA