Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ming nafardan oshiq sportchi ishtirok etayotgan mamlakat chempionatidan fotoreportaj
15:23 / 2026-02-08

Kecha Chirchiq shahridagi Jismoniy tarbiya va sport universitetining «Universal sport saroyi»da o‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat chempionati bahslari start oldi.

Kun davomida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Musobaqa davomida chempionatning tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Bugun 1000 nafardan oshiq sportchi ishtirok etayotgan turnirda kattalar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

2009 yilda tashkil etilgan O‘zbek jang san’ati federatsiyasi ushbu sport turini ommalashtirish, mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, sportchilarning mahorat va tajribasini oshirish hamda malakali murabbiylar tayyorlashga e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda mamlakatning turli hududlaridagi to‘garaklarda 40 mingga yaqin o‘g‘il-qiz o‘zbek jang san’ati bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

[gallery-27546]

Shuningdek, o‘zbek jang san’ati a’zolari uchun Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat, halol kurash, jasorat va insonparvarlik kabi qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan maxsus qasamyod joriy etilgan. 
Mamlakat chempionatida murabbiylar ham ushbu qasamyodni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA