Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ming nafar talabaga mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
10:56 / 2022-09-26

Poytaxtimizda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, ko‘plab oliy ta’lim muassasalari rektorlari, faxriylar, ustoz va talabalar ishtirok etdi.

Yig‘ilganlar universitet jamoasi va talabalarni yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi bilan tabrikladi.

Universitetning mazkur o‘quv binosi 9 qavatdan iborat bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ming nafar talabani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Unda koreyashunoslik va xitoyshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim berilishi reja qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bugungi kunda universitet jamoasi tarkibida 400 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Ulardan 50 nafari fan doktori, 125 nafari fan nomzodi va PhD-falsafa doktorlaridir. Bu kabi ustoz-murabbiylar qo‘lida 6 ming 400 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. Ulardan 840 nafarini magistrlar tashkil etadi.


O‘zA