Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mineral resurslar sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari muhokama qilindi
15:59 / 2026-01-21

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov hamda "MTA Tashkent Mining" kompaniyasi direktori Ramazan Sari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar sohada birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning natijalari va istiqbolli rejalarni muhokama qildi.

Qayd etilganidek, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi mamlakat iqtisodiyotining strategik yo‘nalishi hisoblanadi. U investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va tabiiy resurslarni samarali boshqarish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bu jarayonda hamkorlik amaliy natijalar beradi. Shunga ko‘ra, vazirlik "MTA Tashkent Mining" kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu kompaniya Turkiyaning Mineral tadqiqotlar va razvedka qilish bosh boshqarmasi (MTA) bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan tashkilot bo‘lib, asosan mineral resurslarni o‘rganish, geologiya tadqiqotlari va qazish loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. U tabiiy resurslarni qidirish va baholashda hamda istiqbolli maydonlarda investitsiya loyihalarini rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Bu esa tomonlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini belgilashda katta imkoniyatdir.

Shuningdek, uchrashuvda sohaga investitsiyalarni jalb qilish, istiqbolli maydonlar va yer uchastkasidagi imkoniyatlarni onlayn auksion orqali tadbirkorlarga taklif qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Yer qari to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonunida investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar va takliflar haqida fikr almashildi.

Muloqot yakunida ikki tomon o‘rtasida hamkorlikning galdagi rejalari belgilab olindi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA