Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliylikning millat ruhiyatiga ijobiy ta’siri yuqori(+video)
09:40 / 2025-03-20

Har bir millatning o‘z qadriyatlari, urf-odatlari, asriy an’analari, osori-atiqalari, milliy udum va bayramlari bo‘ladi. Bularning barchasi insonlar ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalqparvarlik xislatlarini shakllantiradi, qalbni g‘uborlardan tozalaydi.

Ana shunday qadriyatlarimizning beshigi - bu shak-shubhasiz Navro‘z va u bilan bog‘liq milliylik tarannumi.     Bayram munosabati bilan O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda yurtimizning turli hududlaridagi noyob hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasining turkumini boshlab berdi. Bu galgi namoyishlar “Farg‘ona arabeskalari” deb nomlanib, hududning an’anaviy hunarmandchiligiga bag‘ishlandi.

 Har bir hududning o‘ziga xos tabiiy landshafti, etno madaniy tarixi bo‘lgani kabi hunarmandchiligida ham o‘ziga xos jihatlari bor. Ko‘rgazmaga kelganlar Farg‘onaning kulolchiligi, to‘quvchiligi, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, badiiy kandakorlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik kabi milliy hunarmandchiligimizning yuzlab namunalarini yaqindan ko‘rishlari va ular haqida keng ma’lumot olishlari mumkin.  

Ko‘rgazmaga Farg‘onaning mashhur usto-hunarmandlari taklif etildi. Ularning sha’niga iliq fikrlar bildirildi va yakunida barchalari taqdirlanishdi.    

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UAGFiLbr3LA?si=8YSx13-y3I80sSpc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA