Milliylikda o‘zlik mujassam
FOTOREPORTAJ
Atlas va adras kabi milliy liboslarimizda xalqimizning ko‘p asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam. Hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy liboslarimizga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish maqsadida Sirdaryo viloyatida ko‘plab loyihalar, amalga oshirilmoqda. Bunda viloyat va tuman-shahar hokimliklarida ishlayotgan opa-singillarimiz, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari alohida namuna ko‘rsatmoqdalar.
[gallery-21801]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA