Milliylik – bizning bebaho boyligimiz
Asriy an’analar qadrlangan “O‘zmilliybank” AJ jamoasi eng ulug‘ va eng aziz bayram – mustaqilligimizning 34 yilligi shukuhi kezib yurgan ayni pallalarda milliy qadriyatlarimizni yanada keng tarannum etmoqda. Hamkasblarimiz haftaning har juma kunini odatdagidek “Milliy kun” sifatida nishonlab, bankimiz mijozlarini xush muomala va a’lo kayfiyatda qarshi olmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati “O‘zmilliybank”AJ Bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi BXM xodimlari ham mazkur chellenjda munosib ishtirok etmoqda. Shu orqali umrboqiy an’analar hamda milliy udumlarga sadoqat va ehtirom yuksakligini namoyish qilmoqda.
Zotan, milliylik – qadriyatlarimizdagi ustuvorlikdan dalolat.
[gallery-25177]
“O‘zmilliybank” AJ
matbuot xizmati