Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy universitet tomonidan Moʻynoqda II oʻquv-ilmiy poligoni tashkil etilmoqda
18:05 / 2020-03-13

Mazkur bogʻ bugun oʻz ichiga 14 turdan iborat 1000 donadan koʻp boʻlgan mevali va manzarali koʻchatlardan iborat boʻlgan OʻzMUning oʻquv-ilmiy poligoni deb nomlangan.


Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Oʻzbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining tashabbuskor talaba yoshlari “Orol va yoshlar” shiori ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng chekka hududlaridan biri boʻlgan Moʻynoq tumanining Shagʻrli qishlogʻida 2 gektar maydonda muhtasham bogʻ barpo etishgan edi. 

Mazkur bogʻ bugun oʻz ichiga 14 turdan iborat 1000 donadan koʻp boʻlgan mevali va manzarali koʻchatlardan iborat boʻlgan OʻzMUning oʻquv-ilmiy poligoni deb nomlangan.

Avval xabar berganimizdek, bu yilgi “Orol va yoshlar 2” shiori ostidagi oʻquv-ilmiy ekspeditsiya ishtirokchilari tomonidan kecha kun boʻyi ushbu poligonda mevali va manzarali oʻsimliklarga ishlov berildi. Yangi koʻchatlar oʻtqazishdi. Qisqa qilib aytganda agrotexnika tadbirlari oʻtkazildi.

Bugun esa rejaga binoan Moʻynoq tumanining eng koʻzga koʻringan, ekologik turizm uchun qulay boʻlgan, mahalliy xalq taʼbiri bilan aytganda “Kemalar qabristoni” ning yonginasidagi qariyb yarim gektar maydonda OʻzMUning II oʻquv-ilmiy poligonini bunyod etish ishlari boshlandi.

Dastlab hudud begona oʻsimliklar va toshlardan tozalandi. Keyin esa Biologiya fakulteti dekani Toʻxtasin Abduraxmonovning ilmiy asoslangan tavsiyalariga koʻra ishlar boshlanib ketdi.

Eng qiziqarli jihatlardan biri yoshlik davrimizni esga solgan “Eshshak mindi” oʻyini asqatdi. Bu xalqona oʻyinni professor T.Abduraxmonov ilmiy asosga boʻysundirib, uning vazifasini oʻzgartirib narvonga aylantirildi. Yaʼni hudud chegarasini gir aylantirib qoqilayotgan balandligi 150 sm boʻlgan metall halqani bolgʻa bilan qoqish uchun baland boʻy kerak. Baland boʻy esa 3 nafar talabaning biri birini yelkasiga minib olgan holda halqani bolgʻalash degani.

Nima ham derdik, ustasi baribir usta-da. Ayni vaqtda ish qizgʻin davom etmoqda. Hozircha shu.

Endi biz ham qogʻoz-qalamni bir chetga qoʻyib umumiy ishga qoʻshilamiz. Dono xalqimiz aytganidek, “Ha, degan tuyaga madad”.

Ravshanjon OMONOV,
Ekspeditsiya Axborot
xizmati rahbari