Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Milliy tiklanish" partiyasi Namanganda saylov tashviqotini qanday olib bormoqda?
10:05 / 2021-09-29

Namanganda O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat tashkiloti tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirokida tashkil etilgan brifing ayni mavzuga bag‘ishlandi.

Brifing avvalida, O‘zMTDP Namangan viloyati kengashi raisi Ahmadjon A’loxo‘jayev shu yilning 24 oktyabr kuni bo‘ladigan Prezidentlik saylovida targ‘ibot oyligi davomida partiya tomonidan olib borilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik, saylov qonunchiligi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari xususida to‘xtaldi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning Namangan viloyatidagi ishonchli vakili, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Odiljon Mamatkarimov so‘zga chiqib, brifing ishtirokchilarini Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirib, saylovoldi dasturdagi muhim vazifalar, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan alohida jihatlar haqida ma’lumot berdi.

Brifingda saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini barcha fuqarolarga xolis va shaffof yetib borishida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Nomzodning saylovoldi tashviqotini yuqori saviyada o‘tkazish, saylov uchastkalari uchun kuzatuvchi va vakolatli vakillarni saralash, joylarda saylovchilar bilan muloqotlar tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar haqida ham batafsil axborot berildi.

Saylov targ‘ibotini yanada kuchaytirish yuzasidan bildirilgan taklif-mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotda qo‘llash uchun umumlashtirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA