Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi o‘z tuman kengashlarini tanqid qildi
15:53 / 2021-03-01

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaning Buxoro viloyati kengashi raisi Maxsud Muhammedov partiya Markaziy kengashi plenumida belgilangan vazifalar, 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, shu bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, 2021 yildagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda partiya a’zolari soni 20 ming 70 nafarni tashkil etadi. Mahalliy kengashlardagi partiya guruhi a’zolari tomonidan 680 dan ziyod “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilishga moyil bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida o‘rganishlar olib borilgan. Natijada 2 mingga yaqin fuqaro qamrab olindi.  

Deputatlar tashabbusi bilan 121 nafar fuqaro “Temir daftar”ga, 142 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga, 98 nafar yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritildi.

Ular tomonidan 82 nafar “Temir daftar”ga, 117 nafar “Ayollar daftari”ga, 113 nafar “Yoshlar daftari”ga kirgan fuqarolarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda partiya hayotini OAVlarida yoritilishiga nisbatan qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatgan Kogon shahri, Buxoro, Peshko‘, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tuman kengashlari tanqid ostiga olindi.

Partiya viloyati kengashining III plenumida ishtirok etgan Oliy Majlis Senati a’zosi, partiyadan saylangan viloyat kengashi deputati Abira Huseynova va quyi palata deputati Nazir Sabirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib partiya oldida turgan ustuvor va dolzarb vazifalarga to‘xtaldi. Shuningdek, yurtboshimizning joriy yil 2 fevraldagi partiyalar raislari bilan uchrashuvlarida ta’kidlangan muhim topshiriqlar barcha darajadagi partiya tashkilotlari va deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi bilan bir qatorda yanada faollikni talab etishi alohida ta’kidlandi.  

Muzokaralarda so‘z olgan partiya faollari va deputatlar o‘z takliflarini berdi.

Plenum davomida partiyaga xayrixohlik bildirgan bir guruh faollar partiya a’zoligiga qabul qilindi.  

Yakunda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. 2021 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilandi. Ish rejasi tasdiqlandi.

 

Zarif Komilov, O‘zA