Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Milliy tiklanish” 30 yoshda
21:31 / 2025-06-17

Buxoroda “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda partiya faollari, deputatlar, ziyolilar, yoshlar, san’atkorlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda so‘z olgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi raisi Rajabboy Hasanov, partiyaning bugungi yutuqlari ortida xalqimizning ishonchi, fidoyi a’zolarning mehnati va qadriyatlarga sadoqati mujassam ekanini ta’kidladi. U partiyaning kelgusi yillardagi asosiy vazifasi yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash va Vatanga xizmat qilish ruhini yanada mustahkamlashdan iborat ekanini alohida qayd etdi.

[gallery-23937]

– Bugun “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi mamlakat siyosiy hayotidagi ikkinchi yirik kuch sifatida ijtimoiy islohotlar, ma’naviy yangilanish va milliy tiklanish yo‘lida faol harakat qilmoqda, – deydi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashida “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasidan saylangan deputatlik guruhi rahbari A.Xuseynova. – 30 yillik tarix bu faxr, mas’uliyat va kelajak sari dadil qadamlar davri hisoblanadi.

Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar, videoroliklar, iliq tilaklar orqali partiyaning o‘tmishi va bugungi kuni madh etildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.