Milliy terma jamoamiz "FIFA Series-2026" turnirida qatnashadi
Joriy yilning mart va aprel oylarida mamlakatimiz FIFA tomonidan tashkil etiladigan "FIFA Series-2026" xalqaro turniriga mezbonlik qiladi.
Mazkur musobaqa milliy terma jamoalar uchun xalqaro tajriba almashish va FIFA reytingidagi o‘rnini yanada yaxshilash imkonini beradi. "FIFA Series-2026" xalqaro turnirida ishtirok etish uchun yurtimizga Islandiya, Gabon hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz AQSH, Meksika va Kanada mamlakatlari mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining “K” guruhidan o‘rin olgan va unda Portugaliya, Kolumbiya, Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya terma jamoalari bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA