Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy terma jamoamiz bugun Misr bilan o‘ynaydi
09:57 / 2025-11-14

FIFA kunlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Ayn xalqaro kubogi" o‘tkazilmoqda. Kecha musobaqaning ilk uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Eron terma jamoasi Kabo-Verde termasi bilan raqobatlashdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va jamoalar penaltilar seriyasida raqobatlashdi. Unda Eron 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Eron “Hazza bin Zayed” stadionida 18 noyabr kuni final bahsida ishtirok etsa, Kabo-Verde 17 noyabr kuni 3-o‘rin uchun bellashadi. Bugun, 14 noyabr kuni turnir doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Misr futbolchilariga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA