French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy tabiat bog‘ida kuz manzaralari
16:45 / 2024-10-07

Osmono‘par tog‘lar qo‘ynidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i yilning to‘rt faslida ham insonni maftun etadigan go‘zallik og‘ushida bo‘ladi. 27 ming 851 gektar maydonda yastanib yotgan bog‘, ayniqsa, oltin kuz faslida zumraddek tovlanib, ko‘zni qamashtiradi.

Milliy tabiat bog‘ining har bir bo‘limi o‘ziga xos tabiat manzaralariga ega. Ayni paytda hayvonot va nabotot olamiga boy go‘shada turli mevali daraxtlar, shifobaxsh o‘simliklar ham muhofaza qilinib, ko‘paytirilmoqda.  

Shu kunlarda kuz fasli tabiat bog‘ida yurtimizga xos osoyishtalik, to‘kinlik va turli ranglarda tovlanuvchi go‘zallikni keng namoyon etmoqda. Baland tog‘lar bag‘rida pishib yetilgan boldek shirin mevalar dillarga quvonch ulashib, ko‘ngilni yayratadi.

Kuzning mayin shabadasi dov-daraxt va shifobaxsh giyohlarni ohista silab, qalblarga orom baxsh etadi. “Zevar” bo‘limida suratga olingan ushbu tasvirlar ham sizni o‘simlik dunyosining saxovatli kuz faslidagi maftunkor, go‘zal manzaralaridan o‘zgacha zavq tuydirib, beixtiyor bebaho boylik bunyodkori ¬ ona tabiatga shaydo etadi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  O‘zA muxbiri