English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazildi
19:54 / 2021-06-10

Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar fakultetida milliy sertifikat olish uchun navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlarida matematika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha jami 823 nafar talabgor ishtirok etib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, — deydi Davlat test markazi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Rustamjon Azimov. – Test sinovining adolatli va shaffof o‘tishi to‘la ta’minlandi.

Test sinovlari o‘zbek va rus tillarida, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda ikki smenada tashkil etildi.

[gallery-2742]

Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun astoydil tayyorgarlik ko‘ryapman, — deydi Izboskan tumanidagi 18- umumta’lim maktabi bitiruvchisi Muhayyo Xabibullayeva. – Imkoniyatdan foydalanib, kimyo va matematika fanlaridan olgan bilimlarimni sinovdan o‘tkazdim. Nasib etsa, yuqori ball olib sertifikatga sazovor bo‘laman. Sertifikat oliy o‘quv yurtiga kirishda ancha yengillik beradi.

Ma’lumki, milliy sertifikat sohiblari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida topshiradigan mos mutaxassislik fanlari bo‘yicha tegishli tartibda olgan foizlari proporsional miqdorida ballga ega bo‘ladi hamda ushbu fandan imtihon topshirmaydi.

Milliy sertifikat umumiy ballning 60 foizidan yuqori natijaga erishgan talabgorlarga 3 yil muddatga beriladi.

Test sinovlari jarayonida belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli uch nafar ishtirokchi test sinovidan chetlashtirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA