Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
17:02 / 2026-01-13

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30

2-smena: 13:00 – 14:30

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA