Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy san’atimizning xorijdagi yana bir e’tirofi
16:51 / 2025-10-06

Saudiya Arabistoni Podshohligida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, milliy qo‘shiqchilik va raqs san’atimiz dunyoning barcha mamlakatida yuksak e’tirof bilan kutib olinadi. Saudiya Arabistonida ham milliy qo‘shiq va raqslarimiz ushbu mamlakat san’at muxlislari tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan kutib olindi.  

San’at ustalarimiz ishtirokida konsert dasturi davomida  O‘zbekiston davlat filarmoniyasining "Navro‘z" ashula va raqs ansambli raqqosalari, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli sozanda va xonandalari, Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi ijodiy guruhi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy filiallari sozandalari ishtirok etdi. Muxlislar san’atkorlarimizning har bir chiqishini olqishlar bilan kutib oldilar.  

“O‘zbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda.

N.Usmonova, O‘zA