Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy rassomlik va dizayn institutida 3 ming 13 talabgor kasbiy imtihon topshiradi
16:06 / 2020-09-03

Shu kunlarda ayni yoʻnalishda ijod qiladigan abituriyentlar uchun sinovlar boʻlayapti.


Yoshlar orasida ham tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik sohalariga boʻlgan qiziqish yildan yilga oshib borayotganiga guvoh boʻlish mumkin.

Shu kunlarda ayni yoʻnalishda ijod qiladigan abituriyentlar uchun sinovlar boʻlayapti.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham bir qator OTM qatorida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. 2019/2020 oʻquv yilida institutda tahsil olish istagida hujjat topshirgan abituriyentlar 1526 nafar boʻlgan boʻlsa, 2020/2021 oʻquv yili uchun 50,4 foizga oshib, 3013 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu oliy taʼlim muassasasida imtihonlar viloyatlar kesimida tashkil etilgan boʻlib, dastlabki kunda Toshkent viloyatidan hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihon boʻlib oʻtdi. Abituriyentlarning binoga kirishidan to imtihonlarni tugatib doimiy yashash manziliga yoʻl olgunga qadar boʻlgan barcha jarayonlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda, tashkil etilmoqda. Oʻtgan yili bitta auditoriyada 20-22 nafar abituriyent imtihon topshirgan boʻlsa, joriy yilda 8-9 nafar abituriyent masofa saqlagan holda sinovlardan oʻtayapti.

Mazkur auditoriyalar taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, rassomlar, amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlovchi rassomlar, dizaynerlar, kulollar, haykaltaroshlar, kompyuter grafikasi va badiiy foto ustalari uchun maxsus tayyorlangan.

Kasbiy imtihonlarni adolatli va shaffof oʻtkazish uchun choralar koʻrilyapti, – deydi institut rektori Nodirbek Sayfullayev. – Imtihon jarayonlari toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkazilib, toʻgʻridan-toʻgʻri institut saytida onlayn namoyish etib borilmoqda. Shu bilan birga abituriyentlarning imtihon ballari imtihon oʻtkazilgan kunning oʻzidayoq eʼlon qilinadi. Xalq taʼlimi sohasi mutaxassislari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, Oʻzbekiston xalq rassomlari, Oʻzbekiston sanʼat arboblari, fan doktorlari va professorlar jarayonga jalb etilgan.

Bu yilgi ijodiy imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha imtihon dasturlari pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, qayta ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tasdiqlangan.

Ilk bor 2020/2021 oʻquv yili qabulida institutning rasmiy saytida sinov imtihonlari boshlanishidan ikki oy avval kasbiy imtihonlarda har bir yoʻnalish boʻyicha beriladigan topshiriqlar bazasi eʼlon qilindi. Bu esa abituriyentlarga karantin sharoitida uyda imtihonlarga tayyorlanishi uchun imkoniyat berdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ijodiy imtihonlar 15 sentabrgacha davom etadi.

photo_2020-09-03_16-01-42.jpg

photo_2020-09-03_16-01-43 (2).jpg

photo_2020-09-03_16-01-43.jpg