Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy qo‘g‘irchoqlar – o‘zlikni anglash sari ilk qadam (+video)
22:29 / 2026-01-23

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi «Hamdo‘stlik» MFYda istiqomat qiluvchi Roziyaxon Mallaboyeva bir necha yillardan buyon o‘z xonadonida milliy qo‘g‘irchoqlar tayyorlab, ichki bozorga hamda qo‘shni Qirg‘izistondagi xaridorlarga yetkazib bermoqda.

Bolalarning sevimli ertak qahramonlari timsolida yaratiladigan keng assortimentdagi mahsulotlar tabiiy ipakdan, milliy uslubda tayyorlanishi xaridorlarga g‘oyatda manzur.

- Qo‘g‘irchoqbozlik san’ati bolalarning beg‘ubor olami kabi poklik va to‘g‘rilikni yoqtiradi, - deydi mohir hunarmand. - Bu hunar bilan shug‘ullanish juda ham zavqli.

[gallery-27237]

Ayni paytda mahalladagi 15 nafardan ziyod qiz Roziyaxonga shogird tushib, mazkur hunar sirlarini o‘rganmoqda. Qo‘g‘irchoqbozlik bo‘yicha mustaqil faoliyatini boshlagan shogirdlari ham talaygina.

Tajribali hunarmand ijtimoiy tarmoqda maxsus savdo platformasini tashkil etib, o‘z mahsulotlarini Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatida joylashgan turizm maskanlariga yetkazib berayotir.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/jj_9prDTXbE?si=ocqn-7jiiF9zUwYY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA fotomuxbiri

Muqimjon QODIROV olgan surat va video.