Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy qadriyatlarimiz urf-odatlarimizda namoyon
13:55 / 2025-04-14

Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Milliy qadriyatlar oyligi" doirasida xalqimizning madaniyati, an’anasi va urf-odatlarini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yuriy Gagarin haykali atrofida tashkil etilgan bayramona tadbirda keng jamoatchilik va yoshlar faol ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari Shahnoza Sultonova hamda Abdulvosid Homitjonov ishtirok etib, milliy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga yetkazish har bir vatandoshimiz zimmasidagi vazifa ekanini ta’kidladi. 

Tadbir doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi, milliy sport o‘yinlari, jumladan, kurash, arqon tortish, yoshlar ishtirokida varraklar sayli, milliy raqs va qo‘shiqlar ijrosi tashkil etildi.

Faol yoshlar tomonidan tayyorlagan milliy liboslar kompozitsiyasi, "Barkamol avlod" jamoasining raqslari hamda mahalliy san’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bunday tadbirlar milliy merosimizni asrash, uni keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA