Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy qadriyatlarimiz namoyishi
19:21 / 2025-09-22

Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan “Xon atlas” oyligi doirasida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi shahar bo‘limi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida shahar markazidagi Nodir Devonbegi maydonida “Xon atlas” festivali tashkil etildi.

Milliyligimiz timsoli bo‘lgan atlas va adras yorqin ranglari hamda betakror naqshlari bilan o‘ziga xos. Unda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. O‘zligimizni namoyon etish, an’analarimizga hurmat va ehtiromni yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish yaxshi an’anaga an’anaga aylangan.

Festivalda viloyat hokimligi, respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari, universitet o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi. Unda atlas va adras matosidan tayyorlangan milliy liboslar namoyish etildi. 

[gallery-25403]

Tohir ISTATOV (surat va video), O‘zA