Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy qadriyatlarimiz – millatimiz ko‘zgusi
15:50 / 2025-12-05

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 3-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarni milliy mafkura va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongiga ajdodlarimizdan meros urf-odatlarimizni singdirish alohida e’tiborda. Har hafta o‘tkazilishi an’anaga aylangan  “Juma – milliy liboslar kuni” ham ushbu maqsad targ‘ibotiga qaratilgan. 

Mazkur ta’lim dargohida 463 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Pedagoglar darslarni yangicha pedagogik texnologiyalar asosida, samarali tashkil etish uchun bor mahoratini ishga solmoqda. O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan va sport yo‘nalishida hamda kasb-hunar to‘garaklari ishlab turibdi.

Navbatdagi milliy liboslar kuni ko‘tarinki kayfiyatda, yorqin taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari dars jarayonida  milliy liboslarda ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan o‘z hurmatini namoyish etdi. Atlas, adras singari milliy matolardan tikilgan liboslar va do‘ppilar ayniqsa, qizlar ko‘rkiga yanada ko‘rk bag‘ishladi. 

Tadbir o‘quvchi-yoshlarda kiyinish madaniyatiga oid bilim va tushunchalarni yanada boyitib, xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. 

Kamola Yusupova, O‘zA