Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan kurash “Xanchjou-2022” o‘yinlarining bezagi bo‘ldi
19:31 / 2023-10-06

Shiddatli bellashuvlari va zavq-u shavqi bilan dunyo sport jamoatchiligi e’tiborida bo‘lgan 19-Osiyo o‘yinlarida kurash bellashuvlarining o‘tkazilishi azaliy qadriyatlarimizning xalqaro maydondagi rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.

Jahon sport muxlislari Osiyo o‘yinlarida yana bir karra kurashning jozibasidan bahra oldi. O‘zbekiston bayrog‘idan jilo olgan kurash yaktaklarida bellashgan qit’a polvonlari milliy sportimiz bo‘yicha “Xanchjou-2022” medallariga ega chiqdi.  

19-Osiyo o‘yinlari dasturidan 40 ta sport turining 61 ta yo‘nalishi joy olgan bo‘lsa, ular orasida milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi kurash bellashuvlari tashkil etilgani O‘zbekiston sport harakatining xalqaro maydondagi yangi g‘alabasi sifatida talqin etish mumkin.  

“Xanchjou-2022” o‘yinlari mobaynida qit’aning 45 davlati sportchilari kurash musobaqalarida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Bellashuvlar yakunida to‘qqizta davlat vakillari 19-Osiyo o‘yinlarining medallari bilan taqdirlandi.  

Medallar jamg‘arish borasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 

O‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlaridagi kurash musobaqalari qay tarzda tashkil etilgani, milliy sportimizning “kichik olimpiada” o‘yinlari tizimiga kirish jarayonlari, Xanchjoudagi kurash bellashuvlarining tafsilotlari xususida O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov bilan suhbatlashdik.  

Suhbat bilan O‘zAning “Youtube” kanali orqali tanishishingiz mumkin.    

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/h837yPGHH6g" title="Milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan kurash “Xanchjou-2022” o‘yinlarining bezagi bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA muxbiri  

To‘lqin Ro‘ziyev  

suhbatlashdi