Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz ko‘zgusi
11:22 / 2023-06-15

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida “Yoshlar oyligi” doirasida “Milliy qadriyatlar” loyihasi asosida “O‘zbek kashtachiligi sehri” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir davomida bir guruh “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, tuman faollari hamda yoshlar Bog‘iafzal mahallasida istiqomat qiluvchi kashtado‘z Muhabbat Qo‘chqorova xonadonida bo‘ldi.

[gallery-12347]

Targ‘ibotchilar hunarmand va uning shogirdlari tomonidan tayyorlangan kashtachilik asarlarini ko‘zdan kechirdi, ushbu san’at haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bugungi globallashuv zamonida xotin-qizlarimizning momolarimiz udumlari davomchisi sifatida milliy, o‘zbekona kiyinish odobiga rioya qilishi haqida so‘z yuritildi.  

Milliy qadriyatlarni ulug‘lash va yoshlar qalbidan mustahkam o‘rin egallashiga erishish, o‘zbek ayoli timsolini milliy liboslar orqali tasvirlashni maqsad qilgan targ‘ibot tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA