Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy palataga «Millatning salomatlik ligasi» diplomi topshirildi
20:11 / 2021-06-11

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga rossiyalik taniqli shifokor, akademik Leo Bokeriya prezidentlik qilayotgan «Millatning salomatlik ligasi» diplomi «Sog‘liqni saqlash -TIHE 2021» Xalqaro ko‘rgazma doirasida topshirildi.

«Millatning salomatlik ligasi» vitse-prezidenti Nikolay Kononov Leo Bokeriya nomidan Milliy palata raisi Ravshan Izamovga hamkorlik munosabatlari va Umumrossiya jamoatchilik tashkiloti faoliyati asosidan joy olgan sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini rivojlantirishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Mazkur tashkilot loyihalari tajribasi bugungi O‘zbekiston uchun qiziq va mamlakatimizda olib borilayotgan sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan yo‘nalishlarga hamohangdir.

Xususan, Toshkent ko‘rgazmasida keng miqyosdagi «Sog‘lom munitsipalitet» Rossiya dasturi taqdim etilgan. Mazkur dastur 2015 yildan amalga oshirila boshlagan va bugun Rossiya Federatsiyasining 85 ta hududini va shunga muvofiq 21 ming munitsipalitetlari (o‘zini-o‘zi boshqarish organlari)ni qamrab olgan.

N. Kononov ta’kidlaganidek, dasturning asosiy vazifasi millatga tanlash imkoniyati va sog‘lom turmush tarzini olib borish sharoitlarini yaratish, munitsipal darajada sog‘lomlashtirish infratuzilmalarini yaratishda, odamlar hayoti sifatini oshirish va umrini uzaytirishda ko‘maklashishdir.

Dasturning eng ommabop yo‘nalishlaridan biri «Yurib ketayotgan odam» musobaqasi va «Hayotga 10 ming qadam» aksiyasidir. Mazkur tashabbuslar so‘nggi yillarda keng qo‘llab-quvvatlanyapti. «Gazprom» kompaniyasi tomonidan har xil hududlarda 157 ta yurishni sevuvchilar guruhlari tuzilgan. Bu odamlarni o‘zining sog‘ligiga bo‘lgan e’tibori kuchayishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion 

sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati