French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy palata tibbiyot klasterining koreya modeli joriy etilishini qoʻllab-quvvatlaydi
12:08 / 2020-09-22

Maʼlumki, Koreya koʻmagida Toshkentda koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi qurilgan.


Oʻzbekistonda qanday qilib tibbiyot klasterini yaratish, uning kadrlarini xalqaro darajaga koʻtarish, davolash, taʼlim va fanni biriktirish mumkin?

Ushbu savollar Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasida Koryo universiteti tibbiyot markazi professori doktor Choy Jaye Vuk ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda muhokama etildi.

Oʻzbekiston Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, doktor Choy - Oʻzbekistonda Koreya modeli asosida Milliy onkologik markaz tuzish loyihasining menejeri.

Maʼlumki, Koreya koʻmagida Toshkentda koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi qurilgan. U boʻlajak onkologik markaz va boshqa obyektlar bilan birga yurtimizda zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimiga xalqaro yondashuv namunasini yaratadigan tibbiyot klasterining asosi boʻlib xizmat qilishi mumkin.

“Koreys modeli boʻyicha tibbiyot majmuasini tashkil etish rejasiga, shuningdek, kattalar uchun koʻp tarmoqli shifoxona, yangi tibbiyot OTM, yotoqxona tashkil etish ham kiradi. Undan tashqari, u yerda kelajakda tibbiyot sohasida tadqiqotlar bilan shugʻullanadigan, shu jumladan, yangi dori vositalari yaratadigan «Research and Development Center” (Tadqiqotlar va ishlab chiqarish markazi) ham boʻlishi kerak. Bularning barchasi, birgalikda “Tibbiyot majmuasi”ni tashkil etadi», — deya taʼkidladi uchrashuv davomida doktor Choy Jaye Vuk.

Koreya tomonidan taqdim etilgan loyiha menejerining bu gʻoyalari milliy palata tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimini boshqarishga innovatsion yondashuvni ishlab chiqish va joriy etishni oʻziga vazifa deb bilgan Milliy palata bu kabi loyihalarning amalga oshishiga koʻmaklashishga tayyor.

Milliy palata raisi Rovshan Izamov muzokaralar davomida taʼkidlaganidek, loyiha muvaffaqiyati bilan bogʻliq barcha holatlarning jarayonida usta-reja katta rol oʻynaydi. Oʻz oʻrnida, doktor Choy rejalashtirish loyiha mustahkamligining asosi boʻlib xizmat qilishini, chunki unda mazkur majmuaning muntazam ishlashi uchun 10-20 yil avval barcha zarur holatlar aks etishi muhimligini taʼkidladi.

Nuqtai nazarlarning bir xilligini inobatga olib, tomonlar Koreya modeliga asosan Tibbiyot majmuasini tuzish loyihasi Bosh rejasini yaratish maqsadida Koreya tomonidan Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birga Memorandum imzolanishi haqida kelishuvga erishdilar.

Tomonlar klinik muassasalarni, oliy taʼlim muassasasini, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladigan klaster yaratish detallarini muhokama qildilar. Shu asosdagina bilimlarning uzviyligini saqlab qolish mumkinligi taʼkidlandi.

Mutaxassislarning yangi avlodini oʻqitishni mahalliy tajribaga moslashgan bunday klinik protokollarga, shuningdek, onkoklinik butun Koreya modeli prinsiplari majmuasiga asosan olib borish kerak. Nafaqat shifokorlarni, balki oʻrta tibbiyot xodimlarini ham. Undan tashqari, onkologik markaz darajasini doimo oldinga surish imkonini beradi.

R. Izamov taʼkidlaganidek, faqat mana shunday majmuaviy yondashuv boʻlajak Milliy onkologik markazning nafaqat yaqin qoʻshni davlatlarda eng yaxshisi, balki dunyoda eng ilgʻorlardan biri boʻlib qolishiga olib keladi. U zamonaviy Oʻzbekiston uchun zarur boʻlgan sogʻliqni saqlash sohasini innovatsion boshqarish tizimini amalda qoʻllash imkonini ham beradi.