Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy palata: Tahlil zamonaviy tibbiyot asoslaridan biridir
18:15 / 2022-06-24

Zamonaviy tez tibbiy yordam ko‘rsatish kadrlar bilan bog‘liq vaziyatni aniq tahlil qilishga, shuningdek, mazkur muhim yo‘nalishning boshqa parametrlari bilan jihozlanishiga ham bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining maxsus kursi ushbu tahlilga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2022 yil may va iyun oylarida Jahon banki ko‘magida kursning ikki bosqichi o‘tkazildi. Kurslarga respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam (TTYO) xizmatining 230 nafardan ziyod rahbar va mutaxassislari qatnashdi. Bunday o‘qishning eng yaxshi dasturini tanlab olish maqsadida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan tanlov o‘tkazildi.

Unda xalqaro standartlarning zarur mezonlari talabiga javob beruvchi hamda mavzuning eng dolzarb yo‘nalishlarini o‘z ichiga oluvchi «Ishonchli ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishda salohiyatni oshirish» kursini taklif etgan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi peshqadamlik qildi.

- Biz eng so‘ngi jahon tendensiyalarini va xalqaro amaliyotlari muvaffaqiyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga hissa qo‘shishda Jahon banki kabi nufuzli xalqaro institutlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Mazkur ta’lim kursini o‘tkazish — ushbu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri, — deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov.

Treningni olib borish uchun Buyurtmachining talabiga muvofiq tanlov asosida topshiriqlarni bajarish uchun eng malakali deb topilgan Toshkent bo‘linmasi tanlangan.

Ma’lumki, tibbiyotning o‘z statistikasi mavjud. Uning qanchalik zamonaviy ekanligi va sifatni oshirish uchun undan qanday foydalanilayotgani haqida 72 soat davomida trenerlar va tinglovchilar so‘zlaydi. Dastavval tez tibbiy yordam rahbarlarining tahlil va statistik ma’lumotni baholash sohasidagi bilim va ko‘nikmalari darajasi aniqlandi.

Onlayn shakldagi o‘quv ishonchli ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni maqsad qilgan. To‘liq kurs uch bosqichga mo‘ljallangan bo‘lib, tez tibbiy yordam tizimining 350 nafar rahbarlari va mutaxassislarini qamrab oladi. Uning o‘tkazilishi shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati rahbariyatiga tibbiy-statistik ma’lumotning dasturiy ta’minotini joriy etish hamda xizmat faoliyatini tahlil etish va baholash uchun ma’lumotlar saqlanadigan joylar vositalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tuzib chiqish imkonini beradi.

- Men uchun sog‘liqni saqlash tizimining ko‘pgina huquqiy jihatlari yangi tomondan ko‘rina boshladi. Ushbu qisqa kursda ko‘pgina muhim jihatlar, jumladan, statistika, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining huquqiy himoyasi va qandaydir darajada bizning ishimizga yangicha yondashish, nimanidir idrok qilish imkonini beradigan boshqa bir qator mavzular qamrab olinga, — deb hisoblaydi Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi bosh jarrohi, tibbiyot fanlari nomzodi Bozorboy O‘razaliyev. U shuningdek, bunday kurslarni har ikki yilda o‘tkazishni taklif qildi.

Hisobot – tibbiyot, ayniqsa tez tibbiyot sifatida muhimdir. Bunday hisobot Tez tibbiy yordam markazlari, filiallari, bo‘linmalari kadrlari mavjudligini, joylarga borib tibbiy yordam ko‘rsatishdagi ko‘rsatkichlar, shifoxonaga yetkazilganlar va u yerlarda davolanganlar, yordam ko‘rsatilgan odamlar sonini tahlil qilishda g‘oyat dolzarbdir. Yanada muhimrog‘i ushbu tahlil asosida zarur xulosalar chiqarish sanaladi. Maqsad esa yuqori sifat darajasida odamlar sog‘ligi va hayotini muhofaza qilishdan iboratdir.

«Ishonchli ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishda salohiyatni oshirish» kursi davomida tibbiyotdagi sifat menejmentlari modellari haqida ham so‘z yuritildi. Zamondoshlarimizning yuqori darajadagi tibbiy xizmatga ehtiyoji muttasil o‘sib boryapti. Bu esa tibbiyot tashkilotlarida jarayonlar va xizmatlarni tizimli ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi.

Shu bilan birga tibbiyot muassasalarida strategiya va taktikani aniq belgilashni, maqsad va vazifalarni aniq ifodalashni, siyosat va mehnat motivatsiyasini ishlab chiqishni, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida harakat rejasini ishlab chiqishni talab etadi.

Tibbiy xizmatlar sifatining doim yaxshilab borilishi bugun har qanaqangi muassasaning muvaffaqiyatli va natijali ishi uchun zarurat hisoblanadi. Bunda samarali qarorlar intuitiv holda emas, axborotlar, ishonchli ma’lumotlar asosidagi tahlillardan kelib chiqib qabul qilinishi kerak. Treningning dastlabki ikkita bosqichidan bunday yondashuvni respublika tez tibbiy yordam tizimi mutaxassislari yaxshi tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi.

O‘zA