Qudratilla Rafiqovning “Rossiyskaya gazeta” va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolasi tarixiy xotirani saqlash, o‘tmishga xolis baho berish va tarixiy merosning bugungi kunni anglashdagi o‘rni kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan. Zero, tarix — nafaqat o‘tmish, balki hozirgi zamon to‘g‘risidagi ham fandir. Maqola muallifi, shuningdek, O‘zbekistonning jahon sahnasidagi roli haqidagi mavzuni ham ko‘taradi.
Maqolaning boshida O‘zbekistonning siyosiy rahbariyati Toshkentda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ochishda nimaga asoslangani haqida so‘z boradi. Adolat yuzasidan qaraganda, bunda u islom dunyosining ilmiy va madaniy markazi shuhratini qayta tiklashga hissa qo‘shadi, degan maqsad mujassam. Mamlakat katta insoniy salohiyat, tabiiy zaxiralar, qulay geografik joylashuvga ega. Davlatning oqilona siyosati iqtisodiy o‘sishga, mamlakatning obro‘si ortishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston — sayyohlik sohasida mintaqada yetakchi mamlakat. Maqola muallifi buyuk vatandoshlari — Ibn Sino, Beruniy va boshqa olimlar haqida fikr yuritar ekan, ularning nomlari ko‘pincha O‘zbekiston bilan bog‘lanmagan holda tilga olinishi va buni to‘g‘rilash kerakligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, Q. Rafiqov tarixning uzviy bog‘liqligi haqida fikr yuritadi. Bunda avvalgi davrlarda tarixni yoritish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘rilash mamlakatning obro‘si yanada ortishiga xizmat qiladi.
Muallif milliy o‘zlik genezisi mavzusini ko‘tarib chiqadi va bunda tarixning millat uchun umumiy konsensusni tashkil etuvchi lahzalarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Tarix va madaniyat — fuqarolik jamiyati hamda davlat shakllanishi uchun asosiy omillar. Muallif boy berilgan muddatlar, yo‘qotilgan vaqt haqida o‘ylanadi, lekin bunday muammolarni hal etishda shoshmashosharlik yaramaydi. Boy tarix bilan faxrlanish kerak, ammo bahsli nuqtalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilgan ma’qul.
Muallif — O‘zbekiston vatanparvari, u chindan ham mamlakat uchun qayg‘uradi, kelajakdan asosli umidlar ro‘yobini kutadi.
Mixail VOLXONOV,
Kostroma davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori, texnika fanlari doktori, professor.