O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan Milliy o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi.
Xalq ta’limi tizimida maktablar uchun mo‘ljallangan Milliy o‘quv dasturi Davlat ta’lim standartini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘qitish va baholashning samarali uslublarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Avvalgi “Mehnat ta’limi” predmeti o‘rniga o‘qitiladigan “Texnologiya” fanining bolalar rivojlanishiga ta’siri qanday? Loyiha doirasida “Texnologiya” fanida qanday o‘zgarishlar bo‘lmoqda?
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi darsliklarga robototexnika bo‘limi kiritilayotgan ekan, pedagoglarimiz bunga tayyormi?
Qizlar nima uchun robototexnikani o‘rganishi kerak?
O‘quvchilar 3D ruchkalardan qanday foydalanadi?
O‘zA muxbiri Barno Meliqulova darslik mualliflari, ekspertlar, mutaxassislarning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi.
Quyida ushbu video- suhbat (operator Yoqubjon Meliboyev) e’tiboringizga havola qilinmoqda.
<iframe width="1366" height="657" src="https://www.youtube.com/embed/UEsPo2cjERA" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>